“Real” katta transfer bo‘yicha ish boshladi

  • 26 oktabr, 2022, 14:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Jurnalist Rodrigo Faesning ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” o‘z maqsadini amalga oshirish uchun hozirdan ish boshladi. Madridliklar tez kunlarda Bundesliga vakili bilan 19 yoshli angliyalik o‘yinchi transferi bo‘yicha muzokara boshlaydi.

Ispan grandi Jud Bellingem uchun kurashda Angliya vakillari – “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester siti” va “Manchester Yunayted”ni ortda qoldirish uchun dortmundliklar bilan muzokarani ancha erta boshlashga qaror qilgan.

“Birmingem” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Bellingem 2020 yildan beri “Borussiya” to‘p tepyapti. Yosh futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, sakkizta gol va  ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!