"Real" Kazemiroga Frantsiyadan o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 17 mart, 2020, 11:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi braziliyalik xavbek Kazemiroga munosib o‘rindosh qidirmoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” bu borada yoshlar jamoasida to‘p surayotgan Antonio Blanko nomzodini ko‘rib chiqayotgan edi. Biroq, rahbariyat uning tajribasizligidan cho‘chimoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Real”da shuningdek “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga nomzodi ham bor. U endigina 17 yosh bo‘lishiga qaramasdan asosiy jamoada 36 ta o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi va ularda 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Transfermarkt portali Kamavingani 42 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!