"Real" ketkazayotgan futbolchiga beshtadan ortiq klubdan ish chiqdi
«Real» rahbariyati hujumkor futbolchi Franko Mastantuono ushbu yozda boshqa klubga ijara asosida o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, madriddliklar Mastantuononi muntazam maydonga tushib turishi mumkin bo‘lgan jamoaga ijaraga berishga tayyor. Hozircha Ispaniya va boshqa mamlakatlardan beshtadan ortiq klub yosh futbolchini bir mavsumga qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Mastantuono 2025 yilda «River Pleyt» klubidan «Real» safiga 45 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi «Real» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 35 ta o‘yin o‘tkazdi, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati hozirgi kunda 45 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar