“Real” Keyn transferidan voz kechdi, o‘rniga jahon chempioni keladi

  • 10.06.2023 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” hali Karim Benzemaning o‘rnini bosadigan hujumchi topgani yo‘q. Klub bu pozitsiyaga Harri Keynni olib kelmoqchi edi.

Xususan, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti angliyalik hujumchiga jiddiy qiziqish bildiryapti. Biroq, madridliklarga “Tottenxem” 29 yoshli futbolchi uchun 115 million evro talab qilayotgani to‘g‘ri kelmayapti.

TodoFichaes nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” Keyn variantidan voz kechib, o‘rniga Lautaro Martinesni olib kelmoqchi.

Bunga ikkita sabab bor. Birinchidan, Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan futbolchini 80 million evroga transfer qilish imkoni bor. Ikkinchidan Lautaro Keyndan to‘rt yosh kichik va jamoada uzoq muddat o‘ynashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!