Real” “Liverpul” yetkachisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 11.02.2026 01:07
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslay bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda. Bu haqida "Topskills Sport Uk" nashri ma'lum qildi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar allaqachon vengriyalik havbekning agentlari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Kelishuv doirasiga "qaymoqranglilar" "qizillar"ga ma'lum miqdorda pul va  o‘z yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani berishga tayyorligini ma'lum qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, "Liverpul" Soboslayni qo‘ldan chiqarish niyatida emas va uni faqat 160 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda. Futbolchining o‘zi ham haftasiga 350 million yevro maosh olishni istamoqda.

25 yoshli yarim himoyachining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 85 million yevroga baholanmoqda. 

Ma'lumot uchun, Dominik joriy mavsum mersisaydliklar safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!