"Real" "Liverpool" yarim himoyachisi uchun kurashga qo'shildi

  • 03.06.2026 06:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister Madridning "Real" klubi qiziqish doirasiga tushdi.

"Ole" nashrining xabar berishicha, agar klub prezidentligi saylovida Florentino Peres g‘alaba qozonsa, argentinalik futbolchi tarkibni kuchaytirish bo‘yicha asosiy nomzodlardan biriga aylanadi.

Shu bilan birga, Mak Allisterga "Atletiko" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone hamyurtini o‘z safiga qo‘shib olish g‘oyasiga juda katta ahamiyat qaratmoqda.

Aleksis Mak Allister joriy mavsum Angliya Premier-ligasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!