"Real" "Liverpul" yulduzini sotib olmoqchi
"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirishi mumkin.
Shu kunlarda "Liverpul" futbolchisi Florian Virtsning "qirollik klubi"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ko‘paymoqda. "Defensa Central" bergan xabarlarga ko‘ra, agar Virts o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmasa, "qizillar" uni sotib yuborishi ham mumkin. Madrid klubi esa futbolchini arzonroq narx evaziga qo‘lga kiritishni ko‘zlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, "qaymoqranglilar" germaniyalik futbolchi uchun 75 million evrodan voz kechishga tayyor. "Transfermarkt" portali futbolchini 130 million evroga baholagan. Mersisaydliklar Virtsni "Bayer"dan 125 million evro evaziga sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar