"Real Madrid" futbolchilari Klublar o‘rtasidagi JChda qanchadan ishlab oldi?
"Real Madrid" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finaligacha etib bordi, biroq ushbu bosqichda PSJga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shunga qaramay, "qaymoqranglilar" futbolchilari musobaqadagi har bir bosqich uchun mukofot puliga ega bo‘lishadi.
Jami hisobda klub musobaqadan 80 million evroga yaqin daromad oldi. Asosiy tarkibdagi har bir o‘yinchiga quyidagi bonuslar to‘lanadi:
Guruhdan chiqqani uchun — 50 000 evro,
1/8 finalga chiqqanligi uchun — 80 000 evro,
Yarim finalga chiqqanligi uchun — 150 000 evro.
Umumiy hisobda har bir futbolchi 280 000 evroga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Madrid klubi chempionlikni qo‘lga kiritganida, har bir o‘yinchi yana 1 million evroga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu summa ular oldinroq Superkubok, Qit’alararo kubok va Chempionlar ligasi chorak finali uchun olgan yarim million evroga qo‘shilar edi.
Fikrlar