“Real” Madridda qolgan hujumchidan voz kechdi va Endrik bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 16.04.2026 10:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Athletic nashri sahifalarida an’anaviy ravishda “Real” haqida material chop etib boriladi. Yangi sonda e’lon qilingan maqolada Madrid klubining yaqin yozgi transfer rejalari muhokama qilindi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi Gonsalo Garsiya kelasi mavsum uchun “Real” rejalariга kiritilmadi. “Qirollik klubi” Gonsalo muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan jamoaga o‘tsa, ko‘proq foyda keltiradi, degan qarorga kelgan.

Afzal variant – 22 yoshli Garsiyani to‘liq sotib yuborish. Transfermarkt portali uni 30 million yevroga baholamoqda.

Endrik masalasiga kelsak, “Real” yanvarda “Lyon”ga ijaraga yuborilgan braziliyalik hujumchini klub uchun muhim ekaniga ishontirgan.

U Fransiyadan ijaradan qaytgach, Madrid klubi safidan muqim joy oladi va “Real” 19 yoshli hujumchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi. Endrikning atrofidagilar ham yozgi takliflar haqida o‘ylamay qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!