“Real” Manchesterni ushlab turgan himoyachini olib qo‘ymoqchi

  • 27 noyabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi mavsum oldidan himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Manchester Yunayted”ning markaziy himoyachisi Lisandro Martinesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

24 yoshli himoyachi yozda “Ayaks”dan Manchesterga ko‘chib o‘tgandi. Uning bo‘yi nisbatan pastligi uchun ko‘p mutaxassislar futbolchining imkoniyatiga shubha bilan qaragandi. Lekin Lisandro qisqa fursatda “Manchester Yunayted”ning himoya chizig‘ida etakchilikni qo‘lga oldi.

Argentinalik o‘yinchi “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan beri 21 ta uchrashuvda qatnashgani uning asosiy tarkibdan muqim o‘rin egallaganini bildiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!