“Real” mashhur hujumchisini qo‘yib yuboradigan bo‘ldi
“Real” ayni paytda Evropa futbolida eng kuchli hujum chizig‘iga ega jamoaga aylanib qolgan. Shunga qaramay, madridliklar hujumkor futbolchilardan biri bilan xayrlashishga tayyor.
Braziliyalik Rodrigoga anchadan beri Angliya Premer-ligasi klublaridan jiddiy qiziqish bildirilmoqda.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli o‘yinchiga “Arsenal” va “ “Liverpul”dan taklif bor. Agar ular madridliklarga ma’qul summa taklif qiladigan bo‘lsa, “Qirollik klubi” transferga qarshilik qilmaydi.
Rodrigo Ispaniya grandi safida 2019 yildan beri to‘p tepmoqda. Yangi mavsumda barcha turnirlarda 13 marotaba maydonga tushib, uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali madridliklar bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini 110 million evroga baholamoqda.

Fikrlar
Salah urniga tushadi