“Real” mashhur yulduzni transferga ko‘ndirdi

  • 10 sentabr, 2024, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” keyingi paytda transfer siyosatini erkin agentga aylanish arafasida turgan o‘yinchilarga qaratmoqda. Birgina Kilian Mbappening transferini bunga misol qilish mumkin.

Tecno

Madridliklar kelasi yoz “Liverpul”ning etakchi himoyachilaridan Trent Aleksander-Arnoldni olishni mo‘ljallayapti.

TodoFichaje nashri “Qirollik klubi” angliyalik yulduzni kelasi yoz erkin agent maqomida Madridga kelishga ko‘nlirganini yozdi.

Transfer summasi 70 million evroga baholanayotgan 25 yoshli futbolchining “Liverpul” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. Shunday keyin Trent Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin.

“Real” Aleksander-Arnoldni jamoaning yoshi katta o‘yinchilaridan hisoblangan o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxalga munosib o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!