“Real” Mbappe o‘rniga boshqa to‘purar topdi

  • 30 iyun, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati jamoani tark etib, Saudiya Arabistoniga ketib qolgan Karim Benzema o‘rnini Kilian Mbappe egallashini istayapti.

Biroq, 24 yoshli futbolchining transferini amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Shuning uchun ham madridliklar zaxira variantini tayyorlab qo‘ydi.

Todofichajes nashrining yozishicha, agar “Real” Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmasa, uning o‘rniga Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martinesni transfer qiladi.

25 yoshli jahon chempioni “Inter” safida 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan.

Bu transfer madridliklarga 85 million evroga tushadi. Bir necha mavsumdan beri Evropaning etakchi klublari Lautaro Martinesni o‘z safiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndira olmayapti. Lekin “Real”da bu transferni amalga oshirish imkoniyati yuqori ekani aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!