“Real” Mbappega ishonmay qo‘ydi

  • 09.01.2024 22:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati PSJ to‘purari Kilian Mbappening transferini eng dolzarb masala sifatida qabul qilmay qo‘ydi.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, Mbappe va “Real” hamkorligiga tegishli ma’lumot va xabarlar har ikki tomonga qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqda.

2022 yilgi vaziyatdan keyin “Qirollik klubi” frantsiyalik forvardning fikrida barqaror turishiga ishonmaydi va shu bois, bu transferni  nima qilib bo‘lsa ham amalga oshirish ortidan quvmoqchi emas.

Qolaversa, madridliklar Mbappe dastlabki shartnomani imzolamagunicha vaziyat istalgan paytda boshqacha tus olishi va kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olishni ma’qul ko‘rgan.

Ma’lumki, 2022 yilning yozida Mbappening “Real”ga o‘tishi deyarli hal bo‘lgan masala edi. Biroq frantsiyalik forvard so‘nggi pallada Parijda qolishga qaror qilgani madridliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!