“Real” Mbappening qilig‘idan shokka tushdi

  • 16.05.2026 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi rahbariyati hujumchi Kilian Mbappenig La Liganing 36-turidagi “Oviedo”ga qarshi o‘yindan keyin jurnalistlar oldiga chiqishini kutmagan ekan.

Fransuz futbolchisi buni madridliklar matbuot xizmati xodimi hamrohligiga qaramasdan, o‘z xohishi bilan amalga oshirgan.

Bu haqida RMC Sport xabar berdi.

Jurnalistlar oldiga chiqqan paytda Mbappe “Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa unga jamoada to‘rtinchi hujumchi ekanini ta’kidlab, “Oviedo”ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashga yo‘l bermaganini aytgan.

Keyinchalik ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida hujumchining so‘zlarini rad etdi va Mbappeni hech qachon “Qirollik klubi”ning to‘rtinchi hujumchisi deb aytmaganini urg‘ulab o‘tdi.

“Qirollik klubi” rahbariyati uchun Kilian Mbappenig ommaviy axborot vositalari orqali berayotgan bayonotlari kutilmagan  harakat ekani aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!