"Real" Morata va Danilolarning transferidan tushgan pulni Mbappega sarflamoqchi

  • 21 iyul, 2017, 09:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi o‘z safiga “Monako”ning yosh to‘purari Kilian Mbappe qo‘shib olish fikridan hamon qaytgani yo‘q.

Tecno

Goal nashrining ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” yaqinda sotgan ikki futbolchisining (Alvaro Morata 80 mln evro, hamda Danilo 30 mln evro) transferidan tushgan mablag‘ni aynan 18 yoshli Frantsiya terma jamoasi a’zosi uchun sarflamoqchi.

Ta’kidlash lozimki, agar Mbappe “Real”ga o‘tsa, bu futbol tarixidagi rekord transfer bo‘lishi mumkin. Agar, bordiyu madridliklarning ushbu rejasi amalga oshmay qolsa, u holda ular “Borussiya D” hujumchisi Per-Emerik Obameyang uchun “ov” boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Mbappega shuningdek Kataloniyaning “Barselona” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!