
"Real" muxlisi bo‘lgan Alonso Ispaniya hakamlar qo‘mitasini tark etdi
Joriy yil iyul oyida Ispaniya Futbol Federatsiyasi (RFEF) Chema Alonsoni hakamlar texnika qo‘mitasi (CTA)ga sun’iy intellekt va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchi sifatida taklif etganini e’lon qilgan edi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida "Real" klubi ishqibozi ekanini bir necha bor ma’lum qilgan.
"Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, payshanba kuni Alonso CTA prezidenti Fransisko Sotoga qo‘mitadan chiqishini ma’lum qilgan.
Aytilishicha, u Ispaniyadan tashqarida joylashgan kompaniyadan ish taklifini qabul qilgan. Shu bois, u yangi lavozimda ishlayotgan paytda CTAdagi vazifalarini bajara olmasligini bildirgan.
Fikrlar