"Real" muxlislari uchun xushxabar! U Madridga qaytishga va’da berdi

  • 24 may, 2020, 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi darvozaboni Iker Kasilyas “qirollik klubi”ga qaytish istagi borligini ma’lum qildi.

Ispaniyalik posbon o‘zining tvitterdagi sahifasida 2015 yilning 23 may sanasida "Xetafe"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinni yodga oldi. Iker uchun “Real” libosidagi so‘nggi uchrashuv bo‘lgan "Santyago Bernabeu"dagi bahs 7:3 hisobida yakunlangan edi.

Posmotret izobrajenie v Tvittere

“Madriddagi so‘nggi bahs. Bir kun men albatta qaytaman”, - deb yozadi Kasilyas.

38 yoshli Kasilyas 1998-2015 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u “Portu”ga ko‘chib o‘tdi. 2019 yilning mart oyida yurak xurujini boshdan kechirgach, futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!