"Real" navbatdagi rekord ostonasida turibdi

  • 19 sentabr, 2018, 20:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gap shundaki "Real" EChL doirasida "Santyago Bernabeu"dagi ketma-ket 42 o‘yindan buyon gol urib kelmoqda. Bu evrokuboklar uchun rekord natija sanaladi.

Tecno

1961-1984 yillarda "Tottenxem" "Uayt Xart Leyn"da o‘tgan shuncha evrokuboklar o‘yinida raqib darvozasini ishg‘ol etib kelgan.

Qizig‘i, o‘shanda "shporlar"ning o‘z maydonidagi bunday yoqimli seriyasiga aynan "Real" barham bergan edi.

Ma’lumot uchun, "Real" - "Roma" o‘yini bugun kech soat 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!