"Real" Niko Pasni qaytarishga qaror qildi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Niko Pasni "Komo"dan qaytarishga qaror qildi.
AS nashrining xabariga koʻra, "qirollik klubi" futbolchining soʻnggi ikki yildagi oʻsishidan mamnun va shartnomadagi qayta sotib olish bandini faollashtirishga qaror qilgan. Bu optsiyani ishga tushirishning soʻnggi muddati — 30 may boʻlib, "Real" barcha tomonlarni bu qaror haqida allaqachon xabardor qilgan.
Maʼlumot uchun, Niko 2024 yilda "qaymoqranglilar"dan "Komo" safiga koʻchib oʻtgan edi. U joriy mavsum A Seriya doirasida 33 ta oʻyinda 12 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar