"Real" nishonga olgan Gvardiolning kelajagi ochiqlandi

  • 27.07.2026 09:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» klubi va Xorvatiya milliy terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol yangi shartnoma imzoladi. Bu haqida insayder jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi mehnat shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, klubning sport direktori Ugu Viana hamda bosh murabbiy Enco Mareska 24 yoshli himoyachini jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq Gvardiolga madriddlik «Real» tomonidan ham qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Gvardiol «Manchester Siti» safida 2023 yil yozidan beri to‘p surmoqda. Shu vaqt ichida xorvatiyalik futbolchi ingliz klubi tarkibida 122 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, himoyachining transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!