"Real" o‘yinini boshqargan hakam chetlatildi

  • 3 fevral, 19:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 22-turida "Real Madrid"-"Espanol" o‘rtasidagi bahsni boshqargan hakamlar vaqtinchalik ishdan chetlatildi. 

Tecno

"AS" nashrining xabar berishicha, bugun tongda Ispaniyaning birinchi va ikkinchi divizion hakamlari Texnik hakamlar qo‘mitasi (CTA) rahbariyati bilan uchrashdi. Qo‘mita prezidenti Luis Medina Kantalexo o‘tgan dam olish kunlari yo‘l qo‘yilgan xatolardan qattiq g‘azablanganini bildirdi.

Bundan tashqari, u o‘nta hakamni vaqtincha ishdan chetlatish haqida e’lon qildi. Ular orasida "Espanol" – "Real" uchrashuvining bosh hakami Alexandro Muniz Ruiz va uning videoassistent Xavier Iglesias Villanueva ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!