“Real” o‘ziga to‘purar izlamoqda
Madridning “Real” jamoasi rahbariyati o‘ziga yangi to‘purar hujumchi izlamoqda. Madridliklar “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmayapti.
ESPN FC nashrining xabar qilishicha, “Qirollik klubi” yozgi transfer oynasida polshalik hujumchi xarid qilishga urinadi. Tomonlar Levandovski transferi bo‘yicha myunxenliklar bilan muzokaralar olib borishni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski “Real” safida o‘ynash istagini bildirgan va “Bavariya”dan ketishga qarshi emas.

Fikrlar