"Real" Pyanichni sotib oladi, agar...
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, “qirollik klubi”da shuningdek Pol Pogba (MYu) va Kristian Eriksen (“Tottenxem”) kabi futbolchilarni ham ko‘zlamoqda. Agar ushbu futbolchilarning har ikkalasini ham sotib ololmagan taqdirda, Zidan aynan Pyanichni tarkibga jalb etishga ruhsat bergan.
“Yuventus” esa Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a’zosini 80 mln evroga baholamoqda. Biroq, “Real” unga 70 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar