"Real" Ramosning narxini e’lon qildi

  • 29.05.2019 13:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” Madrid klubi rahbariyati jamoadan ketmoqchiligini bildirgan Serxio Ramosni tarkibda saqlab qolmoqchi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 33 yoshli futbolchini faqatgina 100 mln evro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Boshqa har qanday takliflar esa rad etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ramosga "Yuventus", "Manchester Yunayted", PSJ va Xitoy klublaridan biri xaridor bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida madridliklar safida 606ta o‘yinda maydonga tushdi va 84ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!