"Real" Rodri transferi uchun qancha tikishi ma'lum bo'ldi

  • 27.07.2026 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes uchun qanday miqdorda to‘lov tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mashhur insayder va jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Qirollik klubi» 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun taxminan 50–60 million yevro taklif qilishga tayyor. 

Madrid jamoasi rahbariyati bu miqdor «Manchester Siti» boshqaruvini qoniqtiradi, degan umidda. Chunki angliyalik klub hali ham Rodrini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirishga urinib kelmoqda. 

Shu bilan birga, manbalar ta’kidlashicha, futbolchi «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan jahon chempionatida Rodri musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi. Finalda Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda Argentina ustidan 1:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!