
"Real" sobiq bosh murabbiyi "Sevilya"ni boshqarishi mumkin
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Sevilya"da ish boshlashi mumkin.
ABC De Sevilla nashri tarqatgan xabarga qaraganda andalusiyaliklar rahbariyati iste’foga chiqarilgan Xoakin Kaparrosa o‘rniga aynan Lopetegining nomzodini ilgari surishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegi 2018 yilning oktyabrida “Real”dan iste’foga chiqarilgan va shundan buyon ishsiz hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Sevilya” o‘tgan mavsum La Ligani 6-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar