«Real» tarkibi 95 foizga shakllantirilgan deb hisoblanmoqda

  • 11.08.2026 12:07
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi bu yozda yangi shov-shuvli transferlar amalga oshirishni rejalashtirayotgani yo‘q. Jamoaning hozircha oxirgi xaridi — «RB Leyptsig»dan 125 million yevro (bonuslarsiz) evaziga olingan vinger Yan Diomande bo‘lib turibdi.

 

Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati Xose Mourin’yu ixtiyoridagi tarkibni deyarli to‘liq shakllangan, deb hisoblamoqda — jamoa 95 foizga tayyor, degan bahoga ega. Shu bois «qirollik» klubi hozir asosiy e’tiborni ortiqcha futbolchilar bilan xayrlashishga qaratgan. Yangi futbolchilar faqat kutilmagan sotuvlar yoki jiddiy jarohatlar yuzaga kelgan taqdirdagina olib kelinishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha madridliklar tarkibiga Mark Kukurelya, Denzel Dyumfris, Ibraima Konate, Bernardu Silva va Karlos Espi qo‘shildi. Shu bilan birga, jamoani Gonsalo Garsiya, Sesar Palasios, Fran Garsiya, Mario Martin, Fran Gonsales, Franko Mastantuono (ijara asosida), Dani Sebalyos, David Alaba va Daniel Karvaxal tark etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!