
"Real" Torresga qiziqmoqda
"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Ferran Torres "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 19 yoshli ispaniyalik futbolchini ko‘pdan buyon kuzatib kelmoqda. Biroq, “ko‘rshapalaklar” bir necha bor ularning taklifini rad etishgan.
Ma’lumot uchun, Torres 2017 yildan buyon “Valensiya”ning asosiy tarkibida to‘p surib kelmoqda. Uning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda. Ayni damda klub u bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
Fikrlar