
"Real" Trentni muhim turnir oldidan safga qo‘shib olmoqchi
Trent Aleksander-Arnold klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real Madrid" safida o‘ynashi mumkin.
Madridliklar "Liverpul" himoyachisini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonch bildirmoqda.
"Daily Mail" nashrining xabariga ko‘ra, ispan klubi 14 iyundan 13 iyulgacha bo‘lib o‘tadigan turnirga himoyachini olib ketmoqchi. Muammo shundaki, ingliz futbolchisining shartnomasi 30 iyunda tugaydi. Shu sababli, mersisaydliklar bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishish lozim bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur holatda "Real" klubidan kichik miqdorda tovon puli talab qilinishi mumkin.
Fikrlar