“Real” tufayli “Siti” yulduzi muzokarani to‘xtatdi

  • 12.06.2026 18:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” universal himoyachisi Yoshko Gvardiol kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelishi talab etilmoqda. “Shaharliklar” xorvatiyalik futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish maqsadida unga yangi shartnoma taklif qildi. Ammo 24 yoshli futbolchi o‘ziga “Real” jiddiy qiziqayotganini bilganidan keyin manchesterliklardan yakuniy qaror qabul qilish uchun vaqt so‘radi.

Bu haqida AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etadigan xorvatiyalik futbolchi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishga shoshilmoqchi emas.

Shu bilan birga, “Manchester Siti” himoyachisini sotishni istamayotgani ta’kidlanmoqda.

Gvardiol “shaharliklar” safida 2023 yil yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!