
"Real" uchinchi marta guruhda yuz foizlik natija qayd etdi. Oldingi ikkitasida "qaymoqranglilar"...
EChL 6-turidan o‘rin olgan "Union Berlin" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:3 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan tugadi.
Shu tariqa, "Real" oltinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 18 ochko to‘pladi hamda 100 foizlik natija qayd etdi. Bu klub tarixida uchinchi marta sodir bo‘lishi sanaladi.
Bundan oldingi shu kabi holat 2011/12 va 2014/15 yilgi mavsumlarda sodir bo‘lgan. O‘sha ikki chempionlar ligasi mavsumida ham "qirollik klubi" kamida yarim finalga qadar etib borishni eplay olgan.
Fikrlar