“Real” uchta super transferni amalga oshiradi
Bu yilgi transfer bozorida ishtirok etmagan “Real” kelasi yozda birinchi bo‘lib sotib olinadigan futbolchilar ro‘yxatini oshkor qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, madridliklar Pol Pogbani olish rejasidan voz kechgan. Bunga asosiy sabab frantsiyalik futbol yulduzining maoshi yuqoriligidir. Pogba ayni paytda yilga 15 million evro topmoqda. “Real” bu summani to‘lashga tayyor emas.
“Qirollik” klubi bundan buyon asosiy e’tiborini yosh futbolchilarga qaratadi. Xususan, madridliklar Kilian Mbappe, Erling Xoland va Eduardo Kamavingani olib kelmoqchi. Bu futbolchilarning bari “Real” mutasaddilariga og‘zaki roziligini bergan. Mbappe va Kamavinga kelasi yozda Madridga yo‘l olishi kutilmoqda. Erling Xoland transferi esa 2022 yilning yozida amalga oshiriladi va norvegiyalik futbolchi hujum chizig‘ida shartnomasi yakunlanadigan Karim Benzema o‘rnini egallaydi.

Fikrlar