"Real" uchta yulduzini sotuvga qo‘ydi

  • 27 iyul, 15:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning 5 nafar futbolchisining klubdagi kelajagi hozircha mavhum bo‘lib turibdi. "Qaymoqranglilar" yangi yarim himoyachi sotib olmoqchi, ammo buni kamida bitta futbolchi sotilgan taqdirdagina amalga oshiradi. 

Tecno

AS nashrining xabar berishicha, ushbu transferlar oynasida Ispaniya grandi qanot hujumchisi Rodrigo Goes, shuningdek, himoyachilar Ferlan Mendi va David Alaba bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, "Real" yarim himoyachi Daniel Sebalos va forvard Endrikning klubdagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda. Ta’kidlanishicha, braziliyalik hujumchining o‘yin vaqti yangi mavsumda qisqaradi, chunki jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumda Kilian Mbappe va Gonsalo Garsiaga tayanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!