“Real”: Ular ketmasligi kerak!

  • 25 aprel, 2021, 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Zinedin Zidan va tajribali o‘yinchilar – Luka Modrich va Serxio Ramosning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

- Men Zidanni hech qachon iste’foga chiqarmayman. Jurnalistlar har bir anjumandan undan qachon ketishini so‘raydi. Bunga chidab turish qiyin.

Modrich ancha avval shartnomasini uzaytirganini aytishim mumkin. Biz barcha masalalarni kelishib olganmiz.

Ramosning yangi shartnomasi bo‘yicha nima bo‘lishi hozircha mavhum. Kutamiz. Ramosning shartnomasi klubning moliyaviy ahvoli qanday bo‘lishiga bog‘liq. Men Serxioni yaxshi ko‘raman,  lekin kelishuvning rasmiylashtilishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Biz esa uning klubda qolishi tarafdorimiz, - dedi Peres.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!