“Real” uzoq kutgan futbolchidan bir kunda voz kechdi

  • 28 aprel, 2023, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozda “Chelsi” himoyachisi Ris Jeymsni sotib olmoqchi edi. Madridliklar angliyalik futbolchini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgandi.

Tecno

Lekin Angliya Premer-ligasining 33-tur uchrashuvidan keyin ular 23 yoshli futbolchi transferidan voz kechishga qaror qildi. Manbalarning ta’kidlashicha, bunga Jeymsning yana jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani sabab bo‘ldi.

“Chelsi”ni vaqtinchalik boshqarib turgan Frenk Lempard jurnalistlarga Ris Jeymsning jarohati jiddiy ekani va bu mavsum boshqa maydonga qaytmasligini ma’lum qildi.

Klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan iste’dodli himoyachi transfermarkt portali tomonidan 70 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!