“Real” va “Barsa”ning Xoland bo‘yicha rejasi oshkor bo‘ldi

  • 16.09.2026 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning ikki grandi “Real” va “Barselona” kelasi yili yozda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni transfer qilish imkoniyatini hozirdan o‘rganmoqda.

TEAMtalk nashri xabar berishicha, Ispaniyaning ikki grand klubi norvegiyalik hujumchi 2027 yilda klubini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin, degan fikrlarni tasdiqladi.

O‘tgan yil boshida Holand “Manchester Siti” bilan yangi to‘qqiz yillik shartnoma imzolagan edi. O‘sha paytda klub manbalari avvalgi kelishuvlarda mavjud bo‘lgan tovon puli miqdoriga oid barcha bandlar yangi shartnomadan chiqarib tashlanganini bildirgan.

Shunga qaramay, “Barselona” va “Real”ga yaqin manbalar norvegiyalik futbolchining shartnomasida uning klubni tark etishiga imkoniyat beradigan bandlar hali ham mavjud, deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, Holand va “Siti” rahbariyati o‘rtasida kelishuv mavjud: agar futbolchi unga yangi chaqiriq kerak, degan qarorga kelsa, klub uning ketish ehtimolini shunchaki rad etmaydi, balki vaziyatni ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi.

Ayni paytda Holand “Siti”ni tark etish istagini bildirmayapti va Ispaniya grandlari bilan uni doimiy ravishda bog‘lab kelyotgan mish-mishlarga qaramay, klubga to‘liq sadoqatini saqlab qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!