
"Real" va "Liverpul" bir futbolchi uchun kurash olib boradi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemga Evropaning ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda. "AS" nashri jurnalistlarining yozishicha, 19 yoshli angliyalik futbolchining o‘yinlarini “Liverpul” va “Real” kuzatib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, Bellingem Yurgen Klopp jamoasiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Dortmund klubi rahbariyati madridliklar bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan, shuning uchun "asalarilar" "Real Madrid" bilan birinchi muzokaraga kirishishi mumkin.
Joriy mavsumda Jud "Borussiya Dortmund" tarkibida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning narxi 90 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar