"Real" va MYuning gegemonligiga "Barselona" barham berdi. Yoxud Forbes dunyoning eng qimmat klublarini e’lon qildi

  • 13 aprel, 2021, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoga mashhur Forbes jurnali sayyoramizning eng qimmat futbol klublari reytingini tuzib chiqdi. E’tiborlisi, “Barselona” o‘z tarixida ilk bor ushbu reytingning 1-pog‘onasida qayd etildi. So‘nggi 16 yildan buyon bu nom yoki “Real”ga yoki “Manchester Yunayted”ga nasib etib kelayotgan edi.

Tecno

Barselona - Elche | Barsa stala pobeditelem Kubka Gampera v 2020 godu | FK  Barselona

“Barselona”ning hozirgi holati 4,76 mlrd dollarga baholangan. Keyingi o‘rinda esa, “Real” qayd etildi. Madrid grandining narxi 4,75 mlrd dollarga teng. Ammo “Real” hali ham tijoriy daromadlar bo‘yicha etakchilik qilmoqda. “Qirollik klubi” 2019-2020 yillarda reklama va homiylik hisobidan jami 424 mln dollar foyda ko‘rgan. “Barselona”ning bu boradagi daromadi 377 mln dollarni tashkil etadi. Kataloniyaliklar ushbu pullarning 275 millionini teletranslyatsiyalardan topgan. Bu esa translyatsiyalardan daromad topish bo‘yicha eng yuqori natija hisoblanadi.

Sponsorskaya podderjka futbolnogo kluba «Real Madrid» | Brend | Hankook  Rossiya

2005 yildan buyon Forbes talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat klubi nomiga 5 marta “Real”, 11 marta “Manchester Yunayted” sazovor bo‘lgan.

Bu yilgi reytingda “Barsa” va “Real”dan so‘ng, 3-o‘rinni “Bavariya” egalladi. Myunxen klubining ayni damdagi holati 4,215 mlrd dollarga baholanmoqda. Kuchli o‘nlikdan “Manchester Yunayted” ($4,2 mlrd), “Liverpul” ($4,1 mlrd), “Manchester Siti” ($4 mlrd), “Chelsi” ($3,2 mlrd), “Arsenal” ($2,8 mlrd), “Pari Sen-Jermen” ($2,5 mlrd) va “Tottenxem” ($2,3 mlrd) joy oldi.

Bavariya» oformila vtoroy trebl v istorii vsled za «Barselonoy» – Liga  chempionov - Eurosport

Forbes jurnalining qayd etishicha, eng qimmat klublar reytingidan joy olgan jamoalarning o‘rtacha narxi 2,28 milliard dollarni tashkil etadi. Bu ikki yil oldin, oxirgi marta reyting e’lon qilingan ko‘rsatkichdan 30 foizga yuqori, deganidir. Koronavirus pandemiyasi tufayli klublar daromadlari pasayganiga qaramay, o‘rtacha narx ko‘tarildi. Klub xo‘jayinlari hozirda asosiy e’tiborini futbolchining xalqaro miqyosdagi mashhurligi bilan bog‘liq bo‘lgan va shu kungacha foydalanilmagan imkoniyatlariga qaratmoqda.

O‘tgan 2019-2020 yilgi mavsumda eng qimmat 20 ta klubning o‘rtacha daromadi 441 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2017-2018 yilgi mavsumga nisbatan 9,6 foizga kam.

Yuventus» – «Inter» – 2:0, obzor matcha Serii A, 8 marta 2020 goda - Chempionat

Bundan tashqari, chiptalar sotuvidan tushadigan daromadlar yanada pasayishda davom etmoqda. Chunki Evropaning etakchi chempionatlarida stadionlarga muxlislar cheklangan miqdorda kiritilmoqda yoki umuman kiritilmayapti. O‘z navbatida, bu ham klublarning daromadlari kamayishiga olib kelmoqda.

Forbes futbol klublari uchun qiyin davr hali nihoyasiga etmaganini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!