
"Real" va "Yuve" qiziqayotgan futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytiradimi?
"Valensiya" yarim himoyachi Ferran Torres bilan yangi shartnoma masalasida muzokaralar davom etmoqda.
19 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil yozida yakuniga etadi, shu sabab "ko‘rshapalaklar" u bilan tovon puli 100 million evroni tashkil qiladigan shartnomani uzaytirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Torres xizmatlariga "Real" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Torres La Liga bahslari doirasida "Valensiya" libosida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi.
Fikrlar