
"Real" Verratti transferidan voz kechdi
Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini sotib olmoqchi emas. Bu haqda "Goal" nashri xabar bermoqda.
"Qaymoqranglilar" Verrattini o‘z safiga qo‘shib olmaydi, chunki ularning tarkibida yarim himoyachilar etarli. Bundan tashqari, klub Dortmundning "Borussiya"sidan Jud Bellingem transferi ustida ishlamoqda.
Marko Verratti PSJda 2012 yilning yozidan beri o‘ynamoqda. 30 yoshli yarim himoyachi parijliklar uchun 413 ta o‘yin o‘tkazdi. Italiyalik xavbek ularda 11 ta gol urdi va 61 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar