"Real" Vinisius faqat bitta klubga ketishi mumkin, deb hisoblaydi

  • 26.07.2026 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniornig kelajagi hanuz noaniqligicha qolmoqda. Braziliyalik futbolchining Madrid jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Shu bois, agar tomonlar kelishuvni uzaytirishga erishmasa, klub uni kelasi yil erkin agent sifatida yo‘qotib qo‘ymaslik uchun transferga qo‘yishi mantiqan maqbul variant sifatida ko‘rilmoqda.

ESPN nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Real» Vinisius Juniorni sotish ehtimoli yuzaga kelgan taqdirda, uning keyingi manzili sifatida asosan «Arsenal» klubini ko‘rib chiqmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, hozircha aynan londonliklar Vinisius uchun real variant sifatida qaralmoqda.

«Arsenal» esa 26 yoshli hujumchini sotib olish moliyaviy jihatdan qanchalik maqbul ekanini o‘rganayotgani aytilmoqda. London klubi transfer narxi, maosh miqdori va umumiy xarajatlar klub byudjetiga qay darajada mos kelishini tahlil qilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Vinisius Junior va «Real» rahbariyati moliyaviy shartlar bo‘yicha bir-biriga yon berishni istamayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bu esa futbolchining klubdagi kelajagi yanada noaniqlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!