“Real” Vinisiusga narx belgilaydi. Agarda …

  • 15 yanvar, 18:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” Vinisiusga narx belgilaydi qachonki, futbolchi jamoani tark etmoqchi bo‘lsa. 
 
Xabaringiz bor, “Barselona”ga qarshi bahsda braziliyalik yulduzning o‘yini qoniqarsiz bo‘ldi. Shu bilan birga, mavsum boshidan buyon Saudiya klublari Vinisius va “qaymoqranglilar”ga yaxshi taklif bilan chiqishni rejalashtirayotgan edi. 
 
Jurnalist Xoce Feliks Diasning xabar berishicha, “qirollik klubi” so‘nggi kunlarda Juniorga yangi shartnoma taklif qilishni maqsad qilib qo‘ygan. Agarda 24 yoshli hujumchi jamoani tark etishni xohlayotgan bo‘lsa, klub unga ma’lum bir narx belgilaydi. Qanot hujumchisi jamoani tark etgan taqdirda ham, klubda Mbappe va Rodrigo kabi hujumchilar bor. Bundan tashqari, Holand ham olib kelinishi mumkin, deb xabar bermoqda “Marca” nashrining bosh muharriri. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Vinisius bu mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 200 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!