"Real" Vitinya uchun 100 million evro va Kamavingadan voz kechishga tayyor!
PSJ va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Vitinya Frantsiya chempionatidan Ispaniya La Ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida "Fichajes" nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
25 yoshli futbolchini Madridning "Real" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso portugaliyalik futbolchini Luka Modrichga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Vitinya uchun "qaymoqranglilar" 100 million evro va Eduardo Kamavingadan vos kechiga tayyor. Frantsiya klubi o‘z etakchi futbolchilaridan biri hisoblangan Vitinyani qo‘yib yuborishni istamayabdi. Parijliklar va yarim himoyachi o‘rtasidagi shartnoma 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi bu mavsum parijliklar safida 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar