“Real” Xabi Alonsoni xafa qildi

  • 6 avgust, 07:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni qabul qilib olgan Xabi Alonso klub rahbariyatidan yangi tarkib uchun bir nafar yarim himoyachi olib berishni so‘raganiga ancha bo‘ldi.

Tecno

Biroq klub mutasaddilari murabbiylar shtabining bu iltimosini bajarishga shoshilmayapti.  

Diario AS nashrining xabariga ko‘ra, bu vaziyat yozgi transferlar oynasi yopilgunicha ham o‘zgarmay qoladi. Chunki “Qirollik klubi” mutasaddilari ayni paytda transfer bozorida “Real”da to‘p tepishga loyiq birorta yarim himoyachi yo‘q, degan xulosaga keldi.

Madridliklar transferlarni shunchaki amalga oshirmoqchi emas.

Bundan tashqari, klub rahbariyati tarkibdagi yarim himoyachilarning o‘zi Xabi Alonso qo‘l ostida o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq o‘ynashiga ishonch bildirmoqda.

“Real”ning bu pozitsiyasi Xabi Alonsoni jamoada bor futbolchilar bilan ishlashiga to‘g‘ri kelishidan va yangi transferlar bo‘lmasligidan dalolat beradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!