“Real”: Xoland o‘rniga shu futbolchini olamiz

  • 29 dekabr, 2021, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtidagi nishonlaridan biri Erling Xolandni qo‘lga kirita olmasligi mumkin. Bu o‘yinchini olish uchun katta xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Madridliklar agar bu transferni o‘xshata olmasa, boshqa to‘purarga e’tibor qaratishni rejalashtirgan.  

Ma’lumotlarga qaraganda, Florentino Peres ro‘yxatida “Fiorentina” to‘purari Dushan Vlaxovichning ham familiyasi bor. Agar Xolandning transferi amalga oshmasa, madridliklar serbiyalik hujumchini olib keladi.

Dushan Vlaxovich joriy mavsumda A Seriyada 19 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va yozda kuchliroq klubga o‘tish maqsadida florentsiyaliklar bilan yangi shartnoma tuzmaslikka qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!