
"Real" yana bir yosh iqtidorga qiziqmoqda
"As" nashri xabariga ko‘ra, "Real" Madrid klubi "Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingemni eng ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda. Yarim himoyachining o‘zi ham Madridda o‘ynamoqchi.
Futbolchining roziligi "Real"ga o‘tish jarayonini tezlashtiradi va madridliklar boshqa katta pul taklif qiladigan jamoalar bilan raqobatlashishiga hojat ham qolmaydi.
Futbolchi bu variantni Angliyaga qaytishdan ko‘ra afzal ko‘ryapti. Unga APLning "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Liverpul" jamoalari ham xaridor.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli futbolchi joriy mavsumda Bundesliganing 15 ta uchrashuvida qatnashib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning hozirgi narxi 120 million evro.
Fikrlar