"Real" yangi hujumchisi gol urolmayapti. Mourin'yo Diomande tanqidiga javob berdi
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yo jamoaga yozda qo‘shilgan 19 yoshli Kot-d’Ivuar hujumchisi Yan Diomande o‘yiniga baho berdi. Yosh forvard yozgi transfer oynasidan «Leyptsig» klubidan 140 million yevro (bonuslar bilan birga) evaziga olib kelingan edi. Ammo u madridliklar safida o‘tkazgan olti uchrashuvida hali gol ham, golli uzatma ham qayd etmadi.
«U rivojlanishda davom etadi. Yuqori darajada o‘ynayotganiga hali ko‘p bo‘lmadi, taktika jihatidan o‘rganadigan jihatlari juda ko‘p. Lekin uning salohiyati juda katta: birga-bir vaziyatlarda, uzatmalarda, zarbalarda… U bizga maydonda turli variantlar beradi. Vini [Vinisius] o‘rnida ham, o‘ng qanotda ham o‘ynay oladi, bu yerda Arda [Gyuler] ham harakat qilishi mumkin, shuningdek Bellingem pozitsiyasida ham to‘p surishi mumkin. Hozirgi maqsadim – unga o‘sishida yordam berish», – dedi Mourin'yo.
Kecha «Real» o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Diomande ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 72 daqiqa maydonda to‘p surdi, shundan so‘ng uning o‘rniga Arda Gyuler maydonga tushirildi.

Fikrlar