"Real" Yovich bilan kelishuvga erishdi, u yangi mavsumni Madridda boshlaydi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich yangi mavsumni "Real"da boshlaydi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 21 yoshli serbiyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Yovichning transferi madridliklarga 60 million evroga tushadi. Ushbu mablag‘ning 48 millionini "Ayntraxt" oladi. 12 mln evro esa uning sobiq jamoasi hisoblangan "Benfika"ga nasib etadi.
Ta’kidlash kerakki, "Real" Yovich uchun kurashda "Bavariya" va PSJ kabi jamoalarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum “Ayntraxt” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 26ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar