“Real” yulduzlari nega Mbappedan norozi? Arbeloa masalaga oydinlik kiritdi

  • 04.05.2026 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 34-turida “Espanol”  ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyin jamoa futbolchilari Kilian Mbappedan norozi ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Qarang, menda har bir o‘yinchimning fidoyiligiga zarracha shubha yo‘q. O‘ylaymanki, bu o‘yinlar biz uchun qanchalik muhim ekanini hamma tushunadi.

Sen “Real” libosini kiysang, bu klubning bir qismiga aylanasn va bizdan talab etiladigan mas’uliyatni anglaysan. Bu shunday klubki, bu yerda hech qachon va hech qachon klubdan ustunroq futbolchi bo‘lmagan va bo‘lmaydi.

O‘ylaymanki, barcha futbolchilarim buni juda yaxshi tushunadi, ular qanday klubning sharafini himoya qilayotganini, qaerda ekanini va bu qanchalik muhim ekanini to‘liq anglaydi.

Shuningdek, ular va biz qanchalik baxtli ekanimizni ham biladi. “Real”da bo‘lish – bu katta omad, - dedi Alvaro Arbeloa Managing Madrid nashriga bergan intervyusida.

Hozirda Kilian Mbappe mushak jarohatidan tiklanmoqda va shu bois jamoasiga yordam bera olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!